Amerikalik milliarder va SpaceX kompaniyasi rahbari Ilon Mask tvitterdagi sahifasida Los-Anjyeles ostidan o‘tuvchi ilk tezkor tunnelning videosini joylashtirdi.
Mask iyun oxirida tunnel qurilishi boshlanishini, keyinroq u 10 dekabrda ochilishini e'lon qilgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, tunnelni qurish bilan Maskning yana bir kompaniyasi The Boring Company shug‘ullanmoqda.
“Los-Anjyeles ostidagi butun tunnel orqali o‘tdim. Safarim xavotirli va uzoq davom etdi. Tunnelning 10 dekabrda ochilishi munosabati bilan bazmga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz”, deb yozgan Mask.
— Elon Musk (@elonmusk) November 3, 2018
Mask The Boring Company burg‘ilash kompaniyasiga 2016 yil oxirida asos solgan. Maskning rejasi Los-Anjyeles va Vashingtonda tunnellar tarmog‘ini qurishni ko‘zda tutadi. Keyingi bosqichda Texas yoki San-Frantsiskoda tunnellar qurilishi mumkin.