Toyota nosozlik tufayli 1,6 mln avtomobilini qaytarib olmoqda

Fan-texnika 22:44 / 02.11.2018 6218

Yaponiyaning Toyota avtokonserni butun dunyodan xavfsizlik yostiqchasida nosozlik aniqlangan 1,6 mlndan ko‘proq avtomobilni qaytarib olmoqda. 

Asosan Avensis va Corolla modellari qaytarib olinadi. Nosoz avtomobillardan eng ko‘pi Yevropada bo‘lib, 946 mingtani tashkil qiladi. Biroq kompaniyada boshqa davlatlar bo‘yicha bunday statistika yo‘q.  

Shuningdek, 600 mingta avtomobil xavfsizlik yostiqchalariga yangi detal o‘rnatish uchun qaytarib olinadi, chunki hozirgilari avariya vaqtida noto‘g‘ri ishlashi mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: