Dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq Facebook’ning 2018 yil 9 oyidagi sof daromadi yillik hisobda 30,5 foizga, ya'ni 15,23 mlrd dollargacha oshdi. Bu haqda kompaniya matbuot bayonotida aytilgan.
Ijtimoiy tarmoqning shu davr ichidagi tushumi 38,924 mlrd dollarni tashkil qilgan, bu esa 2017 yilning shu davriga nisbatan 40 foiz ko‘proqdir.
Kompaniyaning reklamadan olgan choraklik daromadi 13,539 mlrd dollarni tashkil qilgan, bu esa 2017 yilning 3-choragiga nisbatan 33 foiz ko‘proq.
Facebook’ning kundalik faol foydalanuvchilari 2018 yil sentabrda yillik hisobda 9 foizga oshib, 1,49 mlrd kishini tashkil qilgan. Sentyabrda faol foydalanuvchilar o‘rtacha soni yillik hisobda 10 foizga oshib, 2,27 mlrd foydalanuvchiga yetgan.