Apple kompaniyasi uch yangi qurilmasini namoyish etdi, bu safar taqdimot marosimi Nyu-Yorkning Bruklin shahrida bo‘lib o‘tdi. Dastlab Tim Kuk Retina displeyini olgan yangi MacBook Air'ni ko‘rsatdi. Uning 128 Gb xotiraga ega versiyasi narxi - 1199 dollar, 256 Gb xotira hajmi esa 1399 dollarga baholanmoqda.
Yangi Air sakkizinchi avlod Intel Core i5 protsessorlari, 2133 MGts chastotali va 16 Gb'gacha hajmga ega LP-DDR3 operativ xotira hamda 1,5 terabaytgacha SSD'da ishlaydi. Apple'ning yangi qurilmasi — bu klassik Air dizayndagi MacBook Pro.
Noutbukka Touch ID barmoq izlari datchigi o‘rnatilgan, u USB-C orqali ishlovchi ikki Thunderbolt-port bilan jihozlangan. Yangi MacBook Air ekrani avvalgi avlod displeyidan ranglarni 48 foizga aniqroq ifodalaydi, o‘lchamlar esa to‘rt baravarga - 2560x1600 pikselga oshgan.
Shuningdek Air'da dinamiklar takomillashtirildi: endi ular 25 foizga balandroq, baslar esa avvalgi avloddagidan ikki karra kuchliroq. Apple'ga ko‘ra, yangi makbuk syorfingda Wi-Fi orqali internetda - 12 soat va iTunes filmlarini ko‘rishda 13 soatgacha ishlay oladi.
Bundan tashqari, Mac Mini ham namoyish etilib, uning qiymati 799 dollardan boshlanadi.
Taqdimot marosimining ikkinchi qismida yangi iPad Pro iPad Pro namoyishi bo‘lib o‘tdi: 64 Gb xotirali eng arzon modifikatsiya 799 dollarga tushadi. Kimga 12,9 dyuymli diagonallisi kerak bo‘lsa, 999 dollar sarflaydi.
iPad Pro narxlari, 30 oktabr 2018 yil, Bruklin
Yangi iPad Pro Bruklindagi Apple taqdimotida, 30 oktabr 2018 yil
Apple rahbari Tim Kuk kompaniyaning Bruklindagi taqdimotida, 30 oktabr 2018 yil
Yangi Apple MacBook Air Bruklindagi taqdimot davomida, 30 oktabr 2018 yil
Yangi Apple MacBook Air Bruklindagi taqdimot davomida, 30 oktabr 2018 yil
Yangi Apple iPad Pro Bruklindagi taqdimot davomida, 30 oktabr 2018 yil