Huawei va «Skolkovo» fondi birgalikda innovatsion markaz tashkil qiladi

Fan-texnika 21:17 / 30.10.2018 3779

Shu yilning 15 oktabridan 18 oktabriga qadar Skolkovoda (Moskva oblasti) o‘tkazilgan Innovatsiyalar kuni doirasida Huawei kompaniyasi va «Skolkovo» fondi o‘zaro hamkorlik borasidagi bitimni imzolashdi. Mazkur bitimda «Skolkovo» innovatsion instituti hududida qo‘shma hamkorlik markazini tashkil qilish nazarda tutilgan. Hujjat Huawei  kompaniyasining Rossiyadagi tadqiqot markazi direktori Lyuy Juy va «Skolkovo» jamg‘armasining AT klasteri bo‘yicha ijrochi direktori, vitse-prezident  Konstantin Parshin tomonidan imzolandi.«Ochiq innovatsiyalar» nomi ostida bo‘lib o‘tgan xalqaro innovatsion taraqqiyot forumiga o‘zbekistonlik delegatlar ham taklif etildi. Tadbirda elektron hukumat Markazi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi innovatsion markaz, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi va O‘zbekistondagi BMT taraqqiyot loyihasi vakillari qatnashdilar.

Foto: Huawei 

Mazkur bitim hamkorlik markazi doirasida Huawei va «Skolkovo» jamg‘armasining birgalikdagi tadqiqot faoliyatiga tartibga soladi. AKT-texnologiyalari markazning eng muhim yo‘nalishiga aylanadi. Huawei jamg‘armaning ilmiy-texnologik va boshqa mavzudagi konferensiyalari hamda ommaviy tadbirlarida muntazam ishtirok etadi, shu bilan birga, tanlovlar, amaliyotlar, master-klass, ma'ruza, konsultatsiya va seminarlarni tashkil qiladi. Bitimda Huawei  hamda Skolkovo fan va texnologiyalar institutining kelgusida AKT sohasidagi tadqiqotlar olib boriladigan qo‘shma laboratoriya ochish istiqbollari ham belgilangan.

Foto: Huawei 

«Uzluksiz ilmiy izlanishlar, tadqiqot va ishlanmalar —Huawei faoliyatining eng asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. Kompaniyaning yuqori ahamiyatga ega bo‘lgan mazkur strategik jabhasiga biz har yili daromadning 10 foizdan ortiqroq ulushini sarmoya sifatida kiritamiz, va tabiiyki Rossiyaning  yetakchi ilmiy-tadqiqot klasterlaridan biri bo‘lgan Skolkovo instituti bilan hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi Huawei uchun bu sohada muhim qadamdir. Bugun imzolangan kelishuv innovatsion jarayonlar uchun o‘zaro manfaatli sharoitlarni shakllantirish ustida samarali ishlashga zamin yaratib, jahon miqyosidagi loyiha va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini taqdim qiladi», — deydi Huawei  kompaniyasining Rossiyadagi tadqiqot markazi direktori Lyuy Juy.

Foto: Huawei 

«Hamkorlarimizning tadqiqot markazlari «Skolkovo» innovatsion instituti ekotizimining rivojiga ulkan hissa qo‘shmoqda. Startaplar Huawei bilan hamkorlikda  butun dunyoda qo‘llanadigan yangi mahsulotlar ishlab chiqishda qatnashadilar. Huawei kompaniyasining Skolkovo fan va texnologiya instituti bilan amaliy tadqiqotlar bo‘yicha o‘zaro hamkorligiga alohida urg‘u berishni istardim.  Innovatsion rivojlanishga bunday kompleks yondashuv bozorda yetakchi pozitsiyalarni egallashga mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi», — deb ta'kidlaydi «Skolkovo» jamg‘armasining AT klasteri bo‘yicha ijrochi direktori, vitse-prezident  Konstantin Parshin. 

Foto: Huawei 

Joriy yilda Innovatsiyalar kuni «Raqamli Rossiya uchun innovatsiyalar» nomi ostida o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad hukumat vakillari, olimlar, operatorlar, industriya va OAV ishtirokida hududiy ko‘lamdagi platformani yaratishdir.Bu galgi tadbirga Rossiya hukumati, yirik bank va operatorlarning 200 nafardan ortiq vakillari tashrif buyurib, Rossiyada raqamli iqtisodiyot istiqbollari, mamlakatning raqamli transformatsiyasida hukumatning o‘rni va to‘liq intellektual kelajakni yaratish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Foto: Huawei 

«Ochiq innovatsiyalar» nomi ostidagi Moskva xalqaro forumi «Skolkovo»  innovatsion markazi tomonidan bu yil yettinchi marotaba tashkil etildi va an'anaga ko‘ra raqamli texnologiyalarni qo‘llash va ularning kundalik turmushdagi ta'siri haqidagi savollar muhokama etiladigan faol bahs maydoniga aylandi.Yaqinda ish boshlangan tadbirkorlar, yosh olimlar va muhandislar mazkur tadbirda hukumat, jamiyat hamda biznesning ilg‘or texnologiyalar sohasidagi o‘zaro hamkorligiga doir mexanizmlar, raqamlashtirish va texnik taraqqiyot bilan bog‘liq risklar, shuningdek, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash istiqbollari yuzasidan o‘z qarashlarini o‘rtoqlashdilar.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: