Ronaldu Portugaliya terma jamoasiga qaytmoqchi

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu keyingi oydan boshlab, Portugaliya terma jamoasi safidagi o‘yinlarini davom ettirishga qaror qildi.
33 yoshli futbolchi Rossiyada o‘tkazilgan jahon chempionatidan so‘ng, terma jamoadagi faoliyatida tanaffus qilgan edi. Endi u Millatlar Ligasidan o‘rin olgan va noyabr oyida o‘tkaziladigan Italiya va Polsha terma jamoalariga qarshi o‘yinda maydonga tushmoqchi, deb xabar beradi Corriere dello Sport.
Krishtianu Ronaldu Yevropa terma jamoalari tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U Portugaliya tarkibida 154ta o‘yin o‘tkazib, 85ta gol urgan.
Mavzuga oid

15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»

11:06 / 14.12.2024
Husanov transfer bahosi bo‘yicha Ronaldu bilan tenglashdi

13:29 / 17.09.2024
Ronaldu - «MYu»ni tark etishi, klub bilan hozirgi munosabatlari va o‘g‘lining futbolchi bo‘lish istagi haqida

10:49 / 13.09.2024