Siz tez-tez oila a'zolaringiz bilan oshxonada taom tayyorlaysizmi? Bu jarayonda barchaning o‘z vazifasi bor – sabzavotlarni tayyorlash yoki go‘sht maydalash, xamir yoyish yoki stol tuzatish. Yoki bolalar bilan yangi masalliq qo‘shilgan kutilmagan retseptni sinab ko‘rish. Agar siz bu imkoniyatlarni allaqachon boy bergan bo‘lsangiz, unda qanday qilib LG Neo Chef yordamida turli xil kulinariya shedevrlarini tayyorlashni bilish va vaqtingizni yaqinlar bilan quvnoq o‘tkazish payti keldi.
Nega aynan LG Neo Chef yordamida taom tayyorlashni sinab ko‘rish kerak?
Bunga eng yorqin misol bo‘la oladigan sabab – bu xavfsizlik. Agar siz yosh bolalar bilan birga oshxonada master-klass o‘tishni o‘ylagan bo‘lsangiz, unda gaz plitasi yoki boshqa uskunalarga qaraganda mikroto‘lqinli pechda uni tayyorlash qulay hisoblanadi. Shu sababdan ham LG Neo Chef o‘zida taom tayyorlash bo‘yicha turli xil rejimlarni mujassamlashtirgan bo‘lib, bu sizga xavfsizlik bilan birga moslashuvchanlikni ham taqdim etadi.
LG Neo Chef mikroto‘lqinli pechida nima tayyorlash mumkin?
Mikroto‘lqinli pechlar faqatgina taomni isitish uchun mo‘ljallangan deb hisoblaydiganlar uchun bu ma'lumot katta syurprizga aylanadi. Haqiqatan ham LG Neo Chef oshxonada o‘zingizni haqiqiy bosh oshpazdek his etishingizga yordam beradi. Uning yordamida siz qaynoq go‘shtli taomlar yoki qovurilgan parranda go‘shti, shuningdek, mazali desertlar va hatto yogurt ham tayyorlashingiz mumkin. Shanba kungi oqshomda mehmonlaringizga odatiy taomlar tortish o‘rniga ularni mikroto‘lqinli pechda pishirilgan mazali taomlar bilan siylash qanday maroqli ekanligini tasavvur qiling.
Bu vazifani hamma ham uddalay oladimi?
Mikroto‘lqinli pechni to‘g‘ri tanlay olish o‘ta muhim, chunki taomning qanday chiqishi shu narsaga ham bog‘liq. LG Neo Chef yordamida hatto taom tayyorlashni endi o‘rganganlar ham kulinariya shedevrini tayyorlashlari mumkin. To‘lqinlar quvvatini nazorat qilishdagi aniqlik, shuningdek, bir xil isitish ijobiy natijani darrov qo‘lga kiritish imkonini beradi. LG Neo Chef’ning qulay boshqaruv menyusi bilan ishlash murakkab emas. Shuningdek, siz ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga joylashtirilgan videoroliklar orqali retseptlarni tayyorlash sirlarini o‘zlashtirishingiz mumkin.
Siz LG Neo Chef mikroto‘lqinli pechini xarid qilmoqchi bo‘lsangiz yoki ularning narxi bilan qiziqsangiz quyidagi do‘konlarga tashrif buyurishingiz mumkin:
- “Fleshka” texnika buyumlari bozori (sobiq “Malika”);
- “Ipak yo‘li” bozori (sobiq “Abu Saxiy”);
- “Good Zone” do‘koniga borib yoki +99871 207-03-07 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib;
- MEDIAPARK tarmoqlaridan;
- «Next» ko‘ngilochar savdo markazidagi LG’ning firma do‘konlaridan yoki +99895 143-00-03 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib.
LG Uzbekistan’ni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali kuzatib boring.
Facebook: www.facebook.com/LGUzbekistan
Instagram: www.instagram.com/LGUzbekistan
Telegram: https://t.me/lgneochef
LG Electronics kompaniyasining texnika mahsulotlariga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq savollar bo‘lsa, LG mijozlarini qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin: 0−800 120−22−22. Ushbu raqamga qo‘ng‘iroq qilish O‘zbekiston aholisi uchun bepul. Eng muhimi: raqamni to‘liq terish kerak bo‘ladi.