OAV: Tramp Xitoy tovarlariga bojlarni yumshatmaydi

Jahon 11:04 / 22.10.2018 4523

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy tovarlariga nisbatan joriy etilgan bojxona bojlarini yumshatmaydi. Bu haqda Axios manbalarga tayangan holda ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, Tramp amaldagi tariflar Xitoy tomoniga bosim o‘tkazishda unga ko‘proq dastaklarga ega bo‘lish imkonini beradi, deb hisoblaydi.

Manbalardan birining so‘zlariga ko‘ra, Amerika prezidenti Pekin «ko‘proq azob chekishini» istaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Vashington tomonidan po‘lat va alyuminiyga qo‘shimcha bojlar qo‘llanilganligi sababli Jahon savdo tashkilotida (JST) AQSh bilan nizo bo‘yicha hakamlik guruhi tashkil etishni so‘ragandi.

Xitoy tomonining fikriga ko‘ra, po‘lat va alyuminiyga Amerika bojlari aslida savdo proteksionizmi sanaladi hamda ko‘p tomonlama savdo qoidalariga zid keladi. 

Ko‘proq yangiliklar: