Sakkizinchisi. Shahrisabz tumani hokimi ham ishdan ketdi

Foto: KUN.UZ
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tuman hokimi Xolbobo Bozorov lavozimidan ozod etildi.
20 oktabr kuni Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasisida viloyat hokimi qaroriga asosan Bozorov lavozimdan olinib, uning o‘rniga viloyat iqtisodiyot boshqarmasida faoliyat yuritib kelayotgan Isroil Omonov tuman hokimi lavozimiga tayinlangan.
Xolbobo Bozorov 2017 yil iyun oyidan tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Qayd etish kerakki, bu joriy hafta ichida ishdan ketgan sakkizinchi hokim bo‘ldi.
14 oktabr kuni bosh vazir Abdulla Aripov raisligida paxta yig‘im-terimi masalasida bo‘lib o‘tgan selektorda viloyatlar hokimlariga respublika bo‘ylab 10 hokimni ishdan bo‘shatish bo‘yicha taqdimnomalar kiritish haqida topshiriq bergandi.
O‘sha selektordan so‘ng Farg‘ona viloyatida Farg‘ona shahri va Farg‘ona tumani hokimi, Xorazm viloyatida Urganch tumani hokimi, Andijon viloyatida Oltinko‘l tumani hokimi, Sirdaryo viloyatida Guliston tumani, Toshkent viloyatida Angren shahri hokimi, Jizzax viloyatida esa G‘allaorol tumani hokimi ishdan olindi.
Mavzuga oid

09:52 / 28.02.2025
Guliston tumani hokimi o‘zgardi

15:39 / 24.02.2025
Oyoqosti bo‘lgan qonunlar va yo‘q qilingan yashil jamoat parki: “Ajdar yurak” hokimga chora ko‘riladimi?

09:49 / 15.02.2025
Hokimlar endi har oy tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan uchrashadi

23:02 / 23.01.2025