Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada Islom Karimov haykali ochildi
O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov haykali Moskva markazidagi Bolshaya Polyanka ko‘chasida tantanali ravishda ochildi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.

«Interfaks» muxbiriga ko‘ra, unda Islom Karimov bor bo‘y-basti bilan, bog‘da sayr qilib yurgan holda tasvirlanadi. Haykalning muallifiga britaniyalik haykaltarosh Pol Dey boshchiligidagi jamoa aylandi.
Haykal O‘zbekiston elchixonasi oldidagi Islom Karimov nomidagi xiyobonda o‘rnatildi.
Tadbirda Rossiya Federatsiyalar kengashi raisi birinchi o‘rinbosari Nikolay Fyodorov, O‘zbekiston Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev, Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova, Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Grigoriy Karasin, Moskva shahar meri o‘rinbosari Aleksandr Gorbenko ishtirok etdi.

«Biz Rossiyada yaxshi va ishonchli do‘stlarni juda qadrlaymiz hamda o‘zbek xalqining buyuk farzandi Islom Karimovga qo‘yilgan haykal bizning yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarimizning yana bir muhim, zarur va foydali ramzi bo‘lishiga ishonamiz», - dedi N.Fyodorov.


O‘z navbatida, Tatyana Karimova marosim chog‘ida chorshanba kuni Kerch shahrida ro‘y bergan fojia sababli Rossiya xalqiga o‘z hamdardligini bildirdi.
Islom Karimovga Moskvada haykal o‘rnatish to‘g‘risidagi qaror Moskva shahar dumasi huzuridagi Monumental san'at bo‘yicha komissiya tomonidan 2016 yilda qabul qilingan, keyin esa Moskva parlamenti tomonidan tasdiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskva markazida Islom Karimovga haykal o‘rnatilgani xabar berilgandi.








Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
Mavzuga oid

12:29 / 19.07.2025
Fransiyalik top-menejer Moskva bilan biznes yurityapti

21:28 / 02.07.2025
Moskva markazida ichida FSB veteranlari bo‘lgan mashina portlab ketdi

15:11 / 25.06.2025
“Karimov bankirlarni qo‘rqitish uchun kuch tuzilmalarini chaqirgan edi” - Rustam Ahmedov konvertatsiya yopilganidan keyingi korrupsiya haqida

12:36 / 14.06.2025