Apple xitoylik foydalanuvchilarni kiberhujumdan himoyalay olmagani uchun uzr so‘radi

Fan-texnika 22:15 / 16.10.2018 2461

Apple kompaniyasi xitoylik foydalanuvchilarni fishing hujumidan himoyalay olmagani uchun uzr so‘radi. 

“Biz yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, deb aytilgan kompaniya bayonotida. Kompaniyada ma'lum qilinishicha, hujumdan uncha ko‘p foydalanuvchi jabr ko‘rmagan. Fishing hujum oqibatida xitoylik foydalanuvchilardan ba'zilari Apple ID’dagi akkauntlariga kira olishmagan va pullarini yo‘qotishgan. Ushbu pullar xakerlar tomonidan App Store’dagi xaridlar uchun to‘langan.

Apple foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlari qanday qilib xakerlar qo‘liga tushgani borasida aniqlik qiritmagan, biroq barcha jabrlanuvchilarga o‘g‘irlangan pullarini qaytarishga va'da bergan. Ba'zi hisob-kitoblarga ko‘ra, xakerlar deyarli mingga yaqin iPhone egalari pullarini o‘g‘irlashgan. Turli holatlarda hisoblardan 90 dollardan 500 dollargacha qiymatdagi summalar yechib olingan.

Ko‘proq yangiliklar: