Instagram ijtimoiy tarmog‘i ishlab chiquvchilari suratlarni ko‘rish uchun yangi usulni sinab ko‘rishmoqda. Bu haqda TechCrunch portali xabar berdi.
Instagram tests tapping instead of scrolling through posts, first in Explore https://t.co/vn6qFN3dbj by @joshconstine pic.twitter.com/VveYLhgbgD
— TechCrunch (@TechCrunch) October 11, 2018
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, ilovada suratlarni aylantirish o‘rniga, ekranga bosish orqali postlarni o‘zgartirish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Nashrning ta'kidlashicha, hozircha yangi imkoniyatdan ba'zi foydalanuvchilar faqat Explore’da foydalanishi mumkin. Postlarni ko‘rishning yangi usuli sinovi qanday darajada olib borilayotgani noma'lum.
Ekspertlarning qayd etishicha, bir marta bosish bilan fotosuratlarni almashtirish tasvirlarni «qiyin» va ko‘proq vaqtni talab qiluvchi aylantirishdan voz kechishga imkon beradi. Bundan tashqari, dastur postdagi barcha xabarlarni bitta ekranda ko‘rsatishi mumkin.