«O‘zbektelekom» kompaniyasi shaharlararo aloqa uchun yagona tariflash tizimini yo‘lga qo‘ydi.
«O‘zbektelekom» matbuot xizmati xabariga ko‘ra, barcha mahalliy telefon aloqa abonentlari uchun shaharlararo qo‘ng‘iroqlarga yagona tarif reja taqdim etildi.
Endi O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar narxi daqiqasiga 12 so‘mni tashkil etadi.
Ilgari shaharlararo qo‘ng‘iroqlarning 1 daqiqa uchun narxi shaharlar orasidagi masofaga bog‘liq holda 40 so‘mdan 90 so‘mgacha bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda «O‘zbektelekom» monopoliyasi cheklanishi xabar qilingandi.