WarnerMedia'ga ega bo‘lgan Amerikaning transmilliy telekommunikatsion konglomerati AT&T Netflix bilan raqobatlashadigan strimingli videoservis ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi xabar berdi.
Nashrdan ta'kidlanishicha, bunday rejalar WarnerMedia mediakorporatsiyasini sotib olganidan keyin konglomeratda paydo bo‘lgan. Yangi servisda Warner’ning buyurtmasi bilan olingan TV-shou va filmlarni tomosha qilish imkoni bor.
WarberMedia rahbari Jon Stankining qo‘shimcha qilishicha, yangi servis HBO telekanalining pullik striming servisi bilan bog‘liq bo‘ladi, lekin uni almashtirmaydi.
Kutilishicha, WarnerMedia striming servisi 2019 yilning so‘nggi choragida ish boshlaydi. Uning nomi keyinroq e'lon qilinadi.