Mutaxassislar eng himoyalangan smartfonni ma'lum qilishdi

Fan-texnika 18:06 / 11.10.2018 13649

iPhone himoyalanganlik jihatidan eng ishonchli smartfon hisoblanadi, deya xabar beradi Market Watch sayti. Apple mahsuloti ma'lumotlar saqlash uchun Android’dan ko‘ra ishonchli ekani ma'lum bo‘ldi.

Jurnalistlarning bildirishicha, iOS platformasi ma'lumotlarning aksariyat qismini qurilmaning o‘zida saqlash imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, Google operatsion tizimi ma'lumotni kompaniya serveriga yuboradi. Keyinchalik, foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlari ularning «raqamli portreti» va maqsadli reklama yaratish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, iPhone’ni rasmiy do‘kondan yuklab olinadigan ilovalar orqali buzib kirish mushkul.

Google platformasi mobil ilovani ishlab chiquvchilar uchun ochiq, deya ta'kidlaydi maqola muallifi. Bu foydalanuvchilarga o‘zining smartfonini tahlil qilishga, xakerlarga esa xavfsizlikning juda ham jiddiy bo‘lmagan talablarini chetlab o‘tishga imkon beradi.

Google'ning boshqa bir kamchiligi - softning unchalik ko‘p yangilanmasligi. Xususan, uch yil oldin Android qurilmasi kodida 950 milliondan ortiq devayslar xavfsizligiga tahdid solgan kamchilik aniqlandi. Vaqti-vaqti bilan yangilanayotgan holatlarda bu kamchilikning oldini olish mumkin edi.

Ko‘proq yangiliklar: