O‘zbekiston | 12:52 / 09.10.2018
7798
6 daqiqa o‘qiladi

Buloqboshi tumani kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi 

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining "Andijon viloyatining Buloqboshi tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi

Hujjatda qayd etilishicha:

Respublika ishchi guruhi mahallalarni uyma-uy yurish, ijtimoiy va ishlab chiqarish obektlarini borib ko‘rish jarayonida Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganib chiqqan;

ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish natijalariga ko‘ra mahalla, tuman va viloyat darajasidagi tizimli muammolar va kamchiliklarni hal etish nazarda tutilgan “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib tasdiqlangan.

2018-2019 yillarda Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida kafolatli ish o‘rinlarini tashkil etish hamda sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish loyihalarining manzilli ro‘yxati tasdiqlanishi mumkin.

Andijon viloyati hokimligi:

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, daxldor vazirlik va idoralar, tijorat banklari hamda loyihalar tashabbuskorlari bilan birgalikda investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, rejalashtirilgan ishlab chiqarish hajmini o‘zlashtirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishni nazarda tutgan holda, Manzilli ro‘yxatning so‘zsiz bajarilishini ta'minlaydi;

loyihalarning bajarilishi va muammoli masalalarni doimiy ravishda ko‘rib chiqqan holda, ularni hal etish bo‘yicha tezkor va amaliy ahamiyatga ega chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan tizimli monitoring olib boradi.

Andijon viloyati hokimiga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklar bilan kelishish asosida zarur bo‘lganda, Manzilli ro‘yxatga kiritilgan loyihalar qiymatini hamda ish o‘rinlari sonini saqlab qolgan holda, ushbu Manzilli ro‘yxatga o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.

Andijon viloyati hokimligining Buloqboshi tumanidagi yer uchastkalarida 2-ilovaga muvofiq kichik sanoat zonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

Andijon viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 25 oktabrdagi PQ–3356-son “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun bir oy muddatda KSZ Direktsiyasini tashkil qilish va uning ishtirokchilariga yer uchastkalarini berish choralarini ko‘radi.

“O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ va Andijon viloyati hokimligi bir oy muddatda KSZ hududida muhandislik-ishlab chiqarish infratuzilmasini qurish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ va Andijon viloyati hokimligi rahbarlari zimmasiga KSZda joylashtiriladigan tadbirkorlik sub'yektlarini ularning ishlab chiqarish ehtiyojlariga ko‘ra elektr energiyasi, tabiiy gaz va boshqa turdagi kommunal xizmatlar bilan uzluksiz ta'minlash bo‘yicha shaxsiy mas'uliyat yuklanadi.

Andijon viloyati hokimligi va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar – investorlar boshqaruv organlarining 2018-2019 yillarda:

Andijon viloyatining Buloqboshi tumanidagi “Qumariq” fuqarolar yig‘ini hududida 1 mln. AQSh dollari miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etgan va 100 ta yangi ish o‘rinlari yaratgan holda, gilos yetishtirish bo‘yicha loyiha qiymati 8 mlrd. so‘m va umumiy maydoni 164,7 gektar bo‘lgan intensiv bog‘ tashkil qilish;

Buloqboshi tumanidagi “Qashqar” fuqarolar yig‘ini hududida 4 mln. AQSh dollari miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etgan va 20 ta yangi ish o‘rni yaratgan holda, loyiha qiymati 40,7 mlrd. so‘m va umumiy maydoni 12 gektar bo‘lgan ohak ishlab chiqarish korxonasini tashkil qilish;

Buloqboshi tumanidagi “Qumariq” fuqarolar yig‘ini hududida 2 mln. AQSh dollari miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb etgan va 10 ta yangi ish o‘rni yaratgan holda, loyiha qiymati 16,3 mlrd. so‘m va umumiy maydoni 1,5 gektar bo‘lgan chiqindilarni qayta ishlash korxonasini tashkil qilish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinishi mumkin.

Andijon viloyati hokimligi ushbu hududlarda obektlarni qurish uchun yer uchastkasini belgilangan tartibda ajratishni ta'minlaydi.

Andijon viloyati hokimligi:

Buloqboshi tumanidagi “Do‘lana” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 0,5 gektar maydonda ustaxonalar va ishlab chiqariladigan buyumlarni namoyish qilish hamda sotish uchun hunarmandlar savdo nuqtalarini o‘z ichiga olgan “Hunarmandlar” markazini tashkil qiladi;

yer uchastkasi ajratilishi va bu yerda tadbirkorlar hamda hunarmandlarni joylashtirishni ta'minlaydi.

Andijon viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi bilan birgalikda:

Janubiy Farg‘ona kanalining Buloqboshi tumanidagi 25 kilometrida (Piket 253) umumiy foydalaniladigan ko‘prikni loyihalashtirishni;

mazkur ko‘prikni 2019 yil 1 martgacha qurishni ta'minlaydi.

Mavzuga oid