Ochiq valyuta pozitsiyalarining yangi limitlari belgilandi
Markaziy bank Boshqaruvi qarori bilan 2018 yil 15 oktabrdan boshlab, ochiq valyuta pozitsiyalarining yangi limitlari belgilandi.
Unga ko‘ra, bir valyuta uchun ochiq valyuta pozitsiyasi regulyativ kapitalning 5 foizidan, jami valyutalar uchun esa regulyativ kapitalning 10 foizidan oshmasligi kerak (hozirda ushbu limitlar mos ravishda 10 va 20 foizni tashkil etadi).
Qabul qilingan o‘zgarishlar tijorat banklarini valyutadagi aktivlarni yanada samarali boshqarish, kurs tebranishlaridagi risklar yuzaga kelganda tezkor harakat qilishga undaydi.
Shuningdek, yaqin kunlarda tijorat banklari ortiqcha uzun pozitsiyalarini sotishga majbur bo‘lishi ortidan so‘mning bir muddat yana mustahkamlanishini kutish mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid

18:43 / 05.03.2025
Kredit olishni o‘ziga taqiqlash imkonini beruvchi qonun qabul qilindi

17:22 / 05.03.2025
O‘zbekiston yanvarda eng ko‘p oltin sotib olgan davlatga aylandi

16:49 / 27.02.2025
25 yil oldingi 100 ming so‘m hozir qanchaga teng? – MB inflatsiya kalkulyatorini ishga tushirdi

12:29 / 14.02.2025