Apple va Amazon o‘z texnikalarida Xitoy josuslik chiplari borligi haqidagi xabarlarga izoh berdi

Fan-texnika 12:36 / 05.10.2018 8666

Apple, Amazon va Supremico kompaniyalari kompyuterlari hamda boshqa elektron qurilmalarida Xitoydan josuslik chiplari mavjudligi haqidagi xabarga aniqlik kirituvchi bayonot bilan chiqishdi. Bu haqda Bloomberg kompaniyalar bayonotlariga asoslanib yozmoqda.

Kompaniyalarning bayonotlariga ko‘ra, ularning vakillari o‘z texnikalarida hech qachon hech qanday shubhali chiplarni topishmagan.

O‘z navbatida, Xitoy Tashqi ishlar vazirligidan ta'kidlashlaricha, Pekin xalqaro kiberxavfsizlik normalari himoyachisi sanaladi va bu sohada jahon hamjamiyati birgalikda ish olib borishining tarafdoridir. Shuningdek, vazirlikdan eslatishlaricha, 2011 yilda BMTga «Axborot xavfsizligi sohasida xatti-harakatlar xalqaro kodeksi»ni qabul qilish taklifi bilan chiqqan.

Avvalroq, Bloomberg Markaziy razvedka boshqarmasi Apple hamda Amazon kompyuterlari va gadjyetlarida josuslik chiplarini topgani, ular texnikalarga Xitoyda o‘rnatilgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergandi.

Ko‘proq yangiliklar: