Bentley avtomobilsozlik kompaniyasi kelgusi haftada BAAdagi eng baland tog‘ cho‘qqisida restoran ochmoqda. Restoran dengiz sathidan 1934 metr balandlikda Jabil-Jays tog‘i cho‘qqisida joylashgan.
Peak of Luxury deb nom olgan restoran chodir ichida joylashgan. Restoran bosh oshpaz Kolin Klag taomnomasidagi 150 ta klassik britan taomini taklif qiladi. Avvalroq Klag Burj Al Arab-Ruya va Zuma restoranlarida ishlagan.
“Men faoliyatim davomida ko‘plab davlatlardagi turli oshxonalarda ishlaganman, biroq hech qachon mijozlarga BAAdagi kabi eng baland tog‘da joylashgan antiqa restoranda xizmat ko‘rsatmaganman. Bu, shubhasiz, esdan chiqarib bo‘lmaydigan onlardir”, deb aytgan Klag.
Restoranning ochilishi Yaqin Sharqda Bentley’ning yangi Bentayga V8 va Continental GT modellari chiqarilishi bilan birga kechadi.