Putin «Formula-1» chempioniga alohida iltimos bilan chiqdi

Foto: RIA Novosti
«Formula-1»ning amaldagi chempioni, Mercedes jamoasi vakili Lyuis Xemilton Rossiya Gran-prisidagi mukofotlash marosimi vaqtida prezident Vladimir Putindan maxsus iltimos oldi. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.
Xemilton Sochidagi poygada g‘olib chiqdi. Siyosatchi o‘z tarjimoni orqali britaniyalikdan unga g‘oliblarga beriladigan ichimlikni sachratmaslik haqida so‘ragan. Bunga javoban Xemilton shunday dedi: "Ha, men sizga sachratmayman. O‘tgan yili buni men qilmagandim. Bu boshqa kimdir edi».
Xemilton Rossiya Gran-prisida g‘alaba qozondi, ikkinchi o‘rinni uning Mercedes bo‘yicha sherigi Valtteri Bottas, uchinchi pog‘onani Ferrari’dan Sebastyan Fettel egalladi.
Britaniyalik chempionat umumiy jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi, u 308 ochkoga ega. Ushbu mavsumda u «Formula-1»ning sakkizta bosqichida g‘olib chiqdi.
Mavzuga oid

20:30
Putin muzokaralarda yon berish niyatida emas - g‘arb maxsus xizmatlari

01:44 / 08.03.2025
«Uning o‘rnida har kim ham shu ishni qilgan bo‘lardi» - Tramp Ukrainani bombardimon qilayotgan Putin haqida

21:46 / 07.03.2025
Putin Ukrainada ba’zi shartlarda o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor – Bloomberg

21:32 / 06.03.2025