Foto: O‘zbekiston prezidenti va birinchi xonim Toj Mahalda
Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga 30 sentabr kuni Agradagi Toj Mahal majmuasiga tashrif buyurdi.
Prezidentimiz Hindistonga davlat tashrifini ushbu tarixiy obidadan boshlagani bejiz emas. Boburiylar merosi bo‘lgan ushbu yodgorlik o‘zbek va hind xalqlarining tarixi mushtarakligi, ikki mamlakat aloqalari mustahkam asosga ega ekani ifodasidir.
Ma'lumki, Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlari Hindistonda ulkan maqbaralar, qal'alar, shaharlar bunyod etgan. Savdo, ilm-fan, madaniyat, me'morchilikni rivojlantirgan. Toj Mahalni ham Bobur bobomizning avlodi Shoh Jahon qurdirgan.
Uning me'moriy yechimi shunchalik murakkab va noyob bo‘lganki, minglab quruvchilar tomonidan 20 yildan ziyod vaqt davomida barpo etilgan. Maqbara va minoralarning hamma joyi oq marmar bilan qoplangan. Yodgorlik yurtimizdagidek naqshlar va Qur'on suralari bilan bezatilgan.
Toj Mahal dunyoning yetti mo‘'jizasidan biri sanaladi. 1983 yilda YuNeSKOning jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Bu tarixiy obida hamon go‘zalligi va muhtashamligi bilan butun dunyo sayyohlarini o‘ziga jalb etadi. Bu yerga har yili qariyb 5 million turist keladi. Toj mahal Hindistonning turizm salohiyati, ayniqsa, agraliklar hayotida muhim o‘rin tutadi.
Maqbara ziyorati chog‘ida Qur'on tilovat qilindi.
Hindistonlik rasmiylar bilan muloqotda Prezidentimiz O‘zbekistonda ham qadimiy obidalar, muqaddas ziyoratgohlar ko‘pligi, ikki mamlakat o‘rtasida sayyohlar bordi-keldisini kengaytirish zarurligini ta'kidladi.
Shavkat Mirziyoyev majmuaning faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozib qoldirdi.
Davlatimiz rahbari Nyu-Dehli shahriga jo‘nab ketdi.
Mavzuga oid

11:20 / 25.02.2025
Shavkat Mirziyoyev, Sadir Japarov va Imomali Rahmonning birinchi uch tomonlama sammiti mart oxirida bo‘lib o‘tadi

20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin

20:26 / 21.02.2025
Dronlar, SI kibertuzilmalari, robotlashgan texnikalar - mudofaani mustahkamlashning yangi strategiyalari

16:50 / 16.11.2024