Elnur Abduraimov professional boksdagi debyutida g‘alaba qozondi

Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni Elnur Abduraimov AQShda professional boksdagi birinchi jangini o‘tkazdi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berishicha, debyut bahsda Abduraimovga amerikalik bokschi Aron Jamil Xollis raqiblik qildi. O‘zbekistonlik bokschi ushbu jangda raqibini nokautga uchratib, prof ringdagi faoliyatini g‘alaba bilan boshladi.
Ma'lumot uchun, Xollis bugungi kungacha professional boksda 12ta jang o‘tkazgan. Ularning 4tasida g‘alaba qozongan (2tasi nokaut bilan). 8ta jangda esa mag‘lubiyatga uchragan (5tasi nokaut).
Mavzuga oid

08:30 / 08.05.2022
Shahram G‘iyosov yangi vazndagi ilk jangidayoq kamar qo‘lga kiritdi, Elnur Abduraimovda nokaut

08:48 / 03.08.2021
Shahobiddin Zoirov va Elnur Abduraimov ham Olimpiadani medalsiz yakunlashdi

00:08 / 03.08.2021
Uch bokschi medalga yaqin, Assakalov va Jo‘rayev ham bahslarga qo‘shiladi

02:28 / 25.07.2021