Facebook muhandislari 50 million foydalanuvchining akkauntiga kirish imkonini beradigan xavfsizlik kamchiligini topdilar. Kamchilik boshqa foydalanuvchilar nomidan o‘z sahifasini ko‘rish funksiyasida aniqlandi.
Kompaniya endi surishtiruv ishlarini boshladi, kamchilikning aniq sababi noma'lum. Ijtimoiy tarmoq saytdan har ehtimolga qarshi 40 million kishini «chiqarib tashlab», ularni qayta tasdiqlanishga majbur qildi.
Ijtimoiy tarmoq bu muammoni «juda jiddiy» qabul qilayotgani va barcha ro‘y bergan holat haqida bilishini istashi haqida ma'lum qildi. Kamchilik sahifaga kirish kalitlarini (tokenlar) o‘g‘irlash va ularni profilni qo‘lga kiritish uchun ishlatish imkonini bergan. Feysbukdan tushuntirishlaricha, tokenlarni raqamli kalit deb hisoblash mumkin, ular har doim qayta kirib o‘tirmasdan foydalanuvchilarga saytda avtorizatsiya qilingan holda qolishga imkon yaratgan.
Servisdan ma'lum qilishlaricha, bu muammoni hal qilish uchun darhol bir nechta choralar ko‘rildi: kamchilik yopib qo‘yildi va huquqni muhofaza qilish organlari xabardor etildi. Bundan tashqari, kompaniya 50 million kishi uchun kirish kalitlarini yo‘q qildi va yana 40 million foydalanuvchi uchun ham xuddi shunday qilishga tayyorlanmoqda - ularning hammasi ijtimoiy tarmoqka parol bilan qayta kirishiga to‘g‘ri keladi.