Yaponlar plastmassadan elektrokar yig‘ishdi

Fan-texnika 00:38 / 29.09.2018 7375

Yaponiyada bir guruh olimlar asosan plastmassadan tayyorlangan elektrokar yaratishdi.  

Kontsept-kar Tokioda 28 sentabrda taqdim qilingan. Mashina Yaponiya vazirlar mahkamasining innovatsion texnologiyalarni yaratish dasturi doirasida ishlab chiqilgan. Bu mashina 4 metrdan uzunroq bo‘lib, korpusining deyarli 90 foizi maxsus ishlab chiqilgan sintetik materialdan tayyorlangan. 

Ta'kidlanishicha, yangi avtomobil standart modeldagidan 40 foiz yengilroqdir va ikki marta kamroq energiya sarflaydi. Shuningdek, yangi modelning ommaviy ishlab chiqarilishi atrof-muhitga ijobiy ta'sir ko‘rsatishiga umid qilinmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: