Inoyatovdan Usmonovgacha. Senatning 16-yalpi majlisi qanday o‘tdi?
27-28 sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Bu galgi yalpi majlisda saylangan yangi senatorlar ishtirok etishdi. Xususan, Buxoro viloyatidan Shuhrat Cho‘liyev, Jizzax viloyatidan Ergash Soliyev, Namangan viloyatidan Mavluda Imomova, Odiljon Mamatkarimov, Baxtiyor Umarov, Navoiy viloyatidan Jamshid Xodjayev, Sirdaryo viloyatidan Ulug‘bek Sotiboldiyev, Surxondaryo viloyatidan Abduqodir Toshqulov, Qashqadaryo viloyatidan Ro‘ziboy Saidov va Toshkent shahridan Jahongir Ortiqxo‘jayev Senatda tanishtirildi.
Bugun, 28 sentabr kuni o‘z ishini yakunlagan Senatning o‘n oltinchi yalpi majlisi davomida jamiyat hayotining barcha sohalari huquqiy asoslarini mustahkamlash va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan 21ta masala, shu jumladan 14ta qonun ko‘rib chiqilib, ma'qullandi.
«Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida»gi, «Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash to‘g‘risida»gi va boshqa bir qator qonunlar shular jumlasidandir.




Shuningdek, muhokamalar yakunlari bo‘yicha vazirliklar va idoralarning, joylardagi ijro hokimiyati organlarining mas'uliyatini oshirishga qaratilgan hamda tezkor ravishda hal etilishi taqozo etadigan muhim masalalar yuzasidan amaldagi qonun hujjatlari talablari asosida tegishli qarorlar qabul qilindi.
Jumladan, qishloq xo‘jaligida norasmiy bandlik darajasini qisqartirish hamda ishchilarni ijtimoiy himoyalash, shu bilan ularning pensiya ta'minoti kafolatlarini mustahkamlash bo‘yicha davlat nazoratining holati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorovga parlament so‘rovi yuborildi.
Senatorlar Buxoro viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisobotini ham eshitishdi.

Batir Matmurodov









Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Kurmanov




Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari




O‘zbekiston MTRKning hududiy teleradiokompaniyalar bo‘yicha maslahatchisi Muhammadjon Maqsudov

Zangiota tumani 19 – qishloq oilaviy poliklinika mudiri Maqsuda Vorisova






Mavzuga oid

11:22 / 27.02.2025
O‘zbekistonda har 100 ming aholiga qariyb 200 tadan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘ri keldi

12:15 / 22.02.2025
O‘zbekiston Orxus konvensiyasiga qo‘shilmoqda

20:46 / 21.02.2025
Aksiyadorlik jamiyati xodimlariga aksiya sotib olish uchun imtiyozli huquq beriladi

23:15 / 20.02.2025