AQSh Markaziy banki foiz stavkalarini oshirdi. O‘zbekistonlik moliyachi uning yana oshirilishini aytmoqda

Foto: REUTERS
Federal ochiq bozor qo‘mitasi tomonidan avgust oyida qabul qilingan ma'lumotlardan ma'lum bo‘lishicha, AQShda mehnat bozori tobora mustahkamlanib bormoqda va iqtisodiy faollik kuchli sur'atlarda o‘smoqda.
Mehnatga layoqatli fuqarolarning oxirgi oylarda sezilarli faolligi pasaygan. 12 oylik muddat ichida oziq-ovqat va energiya mahsulotlaridan tashqari jami inflyatsiya darajasi 2 foiz atrofida saqlanib kelinmoqda.
Qo‘mita o‘zining qonuniy vakolatlariga muvofiq, aholini maksimal ish bilan ta'minlash va narx barqarorligiga erishishni o‘ylaydi.
Shularni inobatga olib, AQSh Markaziy banki (Federal reserve system - FZT) qayta moliyalashtirish stavkasini 2 foizdan 2,25 foizga oshirdi. Muassasa rahbari boshqaruvi raisi Jyerom Pauellning fikricha, risklarni kamaytirishning eng maqbul yechimi bu - foiz stavkalarini ohista oshirib borishdir.
2018 yil boshida 1,5 foiz ko‘rsatkichda bo‘lgan FZT foiz stavkasi hozirgacha 3 marta oshirildi. O‘zbekistonlik moliyachi Berdibek Axmedovning ta'kidlashicha, ushbu foiz stavkalari keyingi bir necha oy mobaynida 3 foizgacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

«To‘rt yil oldin u bank foiz stavkasini 0.25 foizda ushlab turganida, obligatsiyalarning ham foiz stavkasi juda pasayib ketgan edi», deydi u.
Mavzuga oid

22:24
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

18:24
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17
AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

17:27