224 mln so‘mlik mobil telefonlarni olib kirmoqchi bo‘lgan ikki ayol qo‘lga tushdi
Ikki nafar fuqaro bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan mobil telefonlarini olib kirayotgan vaqtida qo‘lga tushdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Shu yil 7 sentabr kuni Qozog‘iston Respublikasi hududidan “Navoiy” chegara maskani orqali O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan R.O. va B.A. ismli ayollarning qo‘l yuklarida bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 224 mln 731 ming so‘m bo‘lgan 3047 dona mobil telefonlari borligi aniqlanib, ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

17:32 / 25.02.2025