Uber taomni dronlar yordamida yetkazadi 

Fan-texnika 17:14 / 22.09.2018 3302

Uber kompaniyasi yo‘lovchilarni yetkazish bo‘yicha dunyodagi yetakchi kompaniyaga aylanganiga qaramay, erishgan yutuqlarida to‘xtab qolmoqchi emas. Yaqinda ishga tushirilgan Uber Eats servisi darhol mashhurlikka erishdi va raqobatchilarni ham aynan shu yo‘nalishda ishlashga majbur qildi. Yerdagi «muammolardan xalos bo‘lgach», Uber uchuvchi taksilar sohasidagi ilk kompaniyaga aylanmoqchi. Taksilar ortidan havoga taom yetkazish tizimi ham havoga otlanadi. Bunda maxsus dronlardan foydalaniladi.

«Havo Uber Eats» qo‘nish platformasi sifatida vertolyot maydonlari hamda uylar tomlaridan foydalanadi. Texnologiya sinovlari pitssa va burgerlarni yetkazishda o‘tkaziladi. Bundan tashqari, dronlar uchun bo‘lajak taksilarda qo‘llaniladigan algoritmlar qo‘llaniladi. Maqsad - yagona «havo harakati qoidalari»ni ishlab chiqish. Shuningdek, loyiha doirasida zarur bo‘lgan infratuzilma yaratiladi. Unga uchish-qo‘nish maydonlaridan tashqari, yoqilg‘i (quvvat olish) stansiyalari, kerakli ilovalar, uchish vaqtida xulq-atvor algoritmlarini ishlab chiqish va boshqalar ham kiradi. Loyihaning bu bosqichdagi asosiy maqsadi – g‘oyaning ishlay olishini aniqlab, yuzaga keladigan kamchiliklarni bartaraf etishdan iborat. Loyiha ancha mantiqqa yaqin ko‘rinadi: «uchish sinovlarini taomda o‘tkazish», keyin esa havo taksisi bozorini Uber Air servisi yordamida zabt etish.

Qayd etish joizki, Uber bu holatda yagona emas. Chunki AQSh va Islandiya shaharlarida bunday sinovlar allaqachon o‘tkazilgan. Biroq ularning bari faqat yetkazish bozoriga yo‘nalgan edi. Uber kompaniyasining rejalari esa ancha ulkan. Mutaxassislarning ko‘pchiligi taomni dronda yetkazish nafaqat tezkor, balki arzon bo‘lishini ham ta'kidlashyapti. Ilk sinovlarni o‘tkazish muddatlari hali ma'lum qilinmagan.

Ko‘proq yangiliklar: