Twitter’ning tan olishicha, mikroblog foydalanuvchilarining ba'zi shaxsiy xabarlari «bag» tufayli begona ishlab chiquvchilar qo‘liga tushib qolgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda TechCrunch xabar bermoqda.
Kompaniya xabarida aytilishicha, nosozlik 2017 yilning mayidan beri mavjud bo‘lgan, ishlab chiquvchilar uni 10 sentabr kuni - «aniqlanganidan so‘ng darhol» bartaraf etishdi.
«Bizning tekshiruv davom etmoqda, biroq, baxtli tasodif tufayli, begona ishlab chiquvchilar qo‘liga tushib qolgan qandaydir ma'lumot boshqa maqsadda foydalanilganiga oid dalillar yo‘q», - deya ma'lum qilishgan Twitter’dan.
Portalning aniqlik kiritishicha, muammo foydalanuvchilar mikroblogdagi turli brendlar akkauntlariga yuborgan shaxsiy xabarlarga tegishli bo‘lgan. Shuningdek, Twitter’dan bildirishlaricha, bag foydalanuvchilarning taxminan 1 foizini qamrab olgan.