Rossiyada yangi iPhone uchun do‘kon oldidagi navbatlar sotilmoqda

Fan-texnika 10:55 / 21.09.2018 8376

Tadbirkor rossiyaliklar Avito saytida iPhone’ning yangi modelini sotib olish uchun do‘kon oldidagi navbatdagi o‘rinlarini sotishmoqda. Bu haqda internet-servis matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, navbatdagi o‘rin narxi 250 ming rublni tashkil etadi (3700 dollardan ortiq). 

Ayrim foydalanuvchilar esa yangi iPhone’ni Rossiyada sotuv boshlangunicha olib kelib berishni taklif qilishmoqda. Buning uchun ular 300 ming rubl so‘rashgan.

Yana bir turkum foydalanuvchilar esa yangi smartfon narxining o‘n foizi evaziga har qanday ob-havoda do‘kon oldida to‘rt-besh kun navbatda turib berishlarini yozgan.

AQSh va bir nechta mamlakatlarda ayfonlar sotuvi 21 sentabrdan, Rossiyada 28 sentabrdan boshlanadi.  

Avvalroq AQShda yangi iPhone sotuvga chiqishidan besh kun avval navbat paydo bo‘lgani xabar qilingandi.

iPhone XS, XS Max va "byudjyet" iPhone XR taqdimoti 12 sentabr kuni bo‘lib o‘tgandi.

Ko‘proq yangiliklar: