Makgregor: «Nurmagomedov - mayda kalamush, uni bir raundda sindiraman»

Sport 08:30 / 21.09.2018 50443

Aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha irlandiyalik jangchi Konor Makgregor Habib Nurmagomedov bilan jangdan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida rossiyalikni haqorat qildi.

«Men bu mayda kalamushni yo‘q qilib tashlash maqsadida qaytdim. Ikki yil janglarda ishtirok etmadim, keyin bu qo‘rqoqni avtobusda ko‘rdim, u mendan qo‘rqib ketdi, u nega chiqmadi? Habib, axir men qurolsiz edim! Men jang o‘tkazishni yaxshi ko‘raman, buni haddan tashqari yoqtiraman, bu kichkina tentakni do‘pposlashni xohlayman. U mening muxlisim bo‘lgan, men tasvirlangan maykalarni sotib olgan.

Men uning faoliyati tobutiga mix qoqib tashlayman. Buni barcha rossiyalik odamlar nomidan gapirmoqdaman», - deya ma'lum qilgan irlandiyalik.

Shuningdek, Habib Nurmagomedov ham bu borada o‘z fikrini bildirgan.

«Hammasi oddiy. Sen pul uchun, men esa meros uchun, o‘zimdan keyin nimadir qolishi uchun jang qilmoqdaman», - degan Nurmagomedov.

UFC sobiq chempioni o‘z javobida rossiyalikning puli qolmaganini, u «o‘z xalqi» hisobidan jang qilayotganini ta'kidlab o‘tdi.

«Sendan hech narsa qolmaydi, seni yo‘q qilib tashlayman. Men emas, balki sening o‘zing pul haqida gapiryapsan. O‘zi pullar haqida nimani bilasan? Senda pul ham yo‘q, sen uchun xalqing pul to‘layapti! Pullar - shu sening soxta merosingmi?», - degan irlandiyalik.

Bundan tashqari, Konor Makgregor raqibini bir raundda mag‘lub etishini ma'lum qildi.

«Uning boshi oktagon bo‘ylab sakrab yuradi. Men uning boshini olib tashlayman. O‘ylashimcha, bir raundning o‘zi yetadi. Uning boshi xuddi shishaga o‘xshash. Men Dog‘istonda odamning boshi xuddi tovuqning boshiga o‘xshash, deb eshitganman. Men beshta raundga tayyor bo‘laman. Hammasini yengib o‘tdim. Bu yigit esa shunchaki shishaga o‘xshash. Uni sindirish oson bo‘ladi», - dedi promoushen sobiq chempioni.

Nurmagomedov va Makgregor o‘rtasidagi jang 6 oktabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Habib Nurmagomedovning otasi Makgregor avtobus atrofidagi o‘yini uchun javob berishi haqida ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: