Yuridik universitetida YeI hamkorligida iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo‘yicha ekspertlar munozarasi bo‘lib o‘tdi

Jamiyat 18:20 / 20.09.2018 1525

Joriy yilning 18 sentabrida Toshkent davlat yuridik universitetida «O‘zbekistonda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo‘yicha ekspertlar munozarasi» tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir Toshkent davlat universiteti tomonidan, Yuristlar xalqaro komissiyasi, Yevropa ittifoqi hamkorligida tashkillashtirildi.

Tadbirda adliya vaziri o‘rinbosari – rektor Yesemurat Kanyazov, prorektor Mansurxon Kamalov, O‘zbekistondagi Yevropa ittifoqi delegatsiyasi rahbari Eduard Stiprays, Yuristlar xalqaro komissiyasining katta maslahatchisi Timur Shakirov, Xalqaro mehnat tashkiloti vakillari, Kasaba uyushmasi vakillari, amaliyotchi advokat va yuristlar, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari hamda ommaviy axborot vosita vakillari ishtirok etishdi. 

Tadbirda O‘zbekistonda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni amalga oshirish orqali fuqarolik jamiyatini rivojlanishining xalqaro-huquqiy jihatlari, O‘zbekistonda mehnat huquqi rivojlanishining xalqaro-huquqiy jihatlari (Xalqaro mehnat tashkilotining standartlari), xalqaro va milliy mehnat huquqining o‘zaro nisbati bilan bog‘liq muammolariga oid munozaralar o‘tkazildi.

Ko‘proq yangiliklar: