Ostonada o‘zbekistonlik ayolning jasadi sumka ichidan topildi

Jamiyat 16:45 / 20.09.2018 35655

Ostona Ichki ishlar departamenti ayol kishining jasadini xo‘jalik sumkasiga joylashtirgan va uni bozor hududida qoldirgan erkak qo‘lga olingani haqida xabar berdi, deb yozmoqda Bnews.

13 sentabr kuni Ostonadagi «Shanxay» bozori hududida ichida ayol kishining jasadi bo‘lgan sumka topilgani haqida ma'lumot paydo bo‘ldi. Shu kuni politsiyachilar ayolning shaxsini aniqlashdi. U O‘zbekiston Respublikasining 26 yoshli fuqarosi bo‘lib chiqdi.

«Belgilangan sud-tibbiy ekspertizasi ayolning o‘limi organizm intoksikatsiyasi, ichki organlar sili tufayli yuz berganini ko‘rsatdi. Tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish chog‘ida politsiyachilar 30 yoshli erkakni qo‘lga olishdi», - deya xabar berishgan Ostona Ichki ishlar departamentidan.

Politsiyachilar so‘zlariga ko‘ra, politsiyaga olib kelingan erkak so‘roq chog‘ida so‘nggi uch yil davomida vafot etgan ayol bilan birga yashagani, 2 yoshli o‘g‘li borligini bildirgan. Ayol yotoqxonadagi ijara xonada kasallikdan vafot etgan.

Shuningdek, erkakning aniqlik kiritishicha, moddiy qiyinchiliklarga ega bo‘lgan va ayolni dafn etishga imkoni yetmagan, boz ustiga, vafot etgan ayol boshqa davlat fuqarosi ekanligini bilib, xo‘jalik sumkasini «Shanxay» bozori hududida qoldirib ketgan. Shundan so‘ng u yashiringan va o‘sha kuniyoq shahardan chiqib ketgan.

«Ostona politsiyachilari tomonidan erkak Turkiston viloyati hududida ushlandi. Vafot etgan ayolning farzandi qayerda ekani ham aniqlandi. U tanishlarining oldida bo‘lgan», - deya qo‘shimcha qilib o‘tishgan Ostona IIDdan.

Ko‘proq yangiliklar: