Potsdam shahrida dunyodagi ilk haydovchisiz tramvay sinovdan o‘tkazilmoqda, deb xabar berdi Frankfurter Allgemeine Zeitung gazetasi.
Sinov davomida tramvay olti kilometr masofani muvaffaqiyatli bosib o‘tgan.
Sinov vaqtida har ehtimolga qarshi tramvay kabinasida haydovchi ham bo‘lib turgan.
Nashrning qayd etishicha, Potsdam ko‘chalarida bu transport qatnovi yo‘lga qo‘yilishi uchun bir oz vaqt kerak: tramvaylarni boshqaruvchi kompyuterlar yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari, masalan mashinalar bilan "o‘zini qanday tutishni o‘rganishi" lozim. Shuning uchun hozircha tramvay yo‘lovchilarni muntazam ravishda tashishiga ruxsat berilmadi.