Avstraliyada qulupnay ichiga igna tiqib qo‘yayotgan gumonlanuvchi ushlandi 

Jahon 09:52 / 20.09.2018 13105

Avstraliya politsiyasi qulupnay mevasi ichiga igna tiqib qo‘yayotgan o‘smirni ushladi. Ta'kidlanishicha, o‘smir buni “hazil tariqasida” amalga oshirgan. Bu haqda Sky News telekanali xabar berdi.  

Avvalroq Avstraliyada do‘konlarda sotilayotgan qulupnay ichidan ignalar chiqayotgani ma'lum qilingandi. 

Xabarda ta'kidlanishicha, tergov davom etadi va huquq-tartibot idoralari qolgan gumonlanuvchilarni izlashni davom ettiradi.  

ABC telekanalining xabar qilishicha, Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison mevalar ichiga igna tiqib qo‘yayotgan jinoyatchilar uchun jazoni 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha qat'iylashtirishni taklif qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: