AQSh Rossiyaga Il-20 bo‘yicha yordam taklif qildi

Jahon 08:55 / 20.09.2018 22010

AQSh harbiy-dengiz kuchlari 6-floti matbuot xizmati vakili Kayle Reynsning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Rossiyaga Il-20 samolyotining O‘rta Yer dengiziga qulagan joyidagi qidiruv ishlarini o‘tkazishda yordam berishi mumkin. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Avvalroq, Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov Il-20 qulagan joyda qidiruv operatsiyasi davom etayotganini ma'lum qilgandi.

Reynsning ta'kidlashicha, AQSh Rossiya samolyoti qulab tushganidan xabardor.

«Bizning kemalar dengizga yordam berishni so‘ragan har qanday mamlakatga yordam taqdim etishga tayyor, bu dengizchilar mas'uliyatining asosiy elementi hisoblanadi», - deya qayd etib o‘tdi Reyns.

Shu bilan birga, u Rossiya vakillari AQSh harbiy-dengiz kuchlariga yordam so‘rab murojaat qilgani borasidagi masalaga aniqlik kiritmadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin javob harakatlari haqida gapirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: