Qirg‘izistonga Rossiyadan ilk bor “Iskander-M” majmualari tashlandi

Jahon 22:38 / 19.09.2018 12940

Qirg‘izistonga MDH davlatlarining qo‘shma aksilterrorchilik mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun ilk bor Rossiyaning Uralidan “Iskander-M” raketa majmualari tashlandi. Bu haqda Rossiya Markaziy harbiy okrugi ma'lum qilgan.

Ta'kidlanishicha, “Issiq-ko‘l-Antiterror 2018” deb nomlangan mashg‘ulotlar davomida raketachilar “Edelveys” tog‘ poligonidagi terrorchilarning shartli lageriga zarba beradilar.

“Iskander-M” majmuasi 500 km masofagacha joylashgan kichik o‘lchamli va maydondagi nishonlar: raketa majmualari, yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimlari, artilleriya, aerodromdagi samolyot va vertolyotlar, qo‘mondonlik punktlari va aloqa uzellarini mo‘ljalga olishga mo‘ljallangan. 

Avvalroq ushbu mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun Tuvadan Markaziy harbiy okrugning motoo‘qotar brigadasining batalon-taktik guruhi tashlangan. Mashg‘ulotlar joyiga Markaziy harbiy okrug tog‘ brigadasining 50 ta harbiy texnikasi, jumladan, 2S23 “Nona-SVK” o‘ziyurar artilleriya ustanovkalari, “Tigr” zirhli avtomobillari, “Ural” va KamAZ yuk mashinalari yetkazilgan.

Mashg‘ulotlar 24 sentabrda boshlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: