Ferrari’ning ilk krossoveri qanday nomlanishi ma'lum qilindi

Foto: Ferrari
Ferrari’ning yangi rahbari Luis Kerey Kamileri aksiyadorlar yig‘ilishida marka tarixidagi ilk krossover qanday nomlanishi va uning paydo bo‘lishi muddatlarini oshkor qildi. Ma'lum qilinishicha, model 2022 yilda Purosangue (italyanchadan “asl”) nomi bilan debyut qiladi.
Biroq Kamileri bo‘lg‘usi model krossoverlar bilan hech qanday umumiylikka ega emasligini aytgan. Bu model kuchli, shinam va universal avtomobil bo‘ladi. Purosangue Ferrari’ning 2022 yilda ishlab chiqariladigan superkarlarining 60 foizi kabi gibrid kuch qurilmasi bilan jihozlanadi.
Ta'kidlanishicha, Ferrari 2019 yildan 2022 yilgacha 15 ta model ishlab chiqaradi. Ular 4 ta toifaga bo‘linadi: Sport, GT, Special Series va Icona.
Mashinalar konstruksiyalarida ko‘proq yengil materiallar qo‘llanadi, yangi axborot-ko‘ngilochar tizimi va boshqa boshqaruv vositalari paydo bo‘ladi.
Mavzuga oid

14:17 / 25.01.2025
Trampga tegishli bo‘lgan Ferrari 1 mln dollarga auksionga qo‘yildi

15:21 / 14.11.2024
Mixael Shumaxerning so‘nggi Ferrari avtomobili kimoshdi savdosiga qo‘yildi

16:57 / 03.10.2024
AQShda AirPods quloqchinlari o‘g‘irlangan Ferrari’ni topishga yordam berdi

12:55 / 03.08.2024