“Zamonamiz qahramoni” turkumida yangi asarlar chop etildi

Foto: O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi
"G‘afur G‘ulom" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida “Zamonamiz qahramoni” turkumida yangi asarlar chop etildi. Nashr etilgan kitoblar ro‘yxatida Luqmon Bo‘rixonning “Titrayotgan tog‘”, Isajon Sultonning “Hazrati Xizr izidan”, Qo‘chqor Norqobilning “Bu yerlarda hayot boshqacha” va Abduqayum Yo‘ldoshevning “Osmon og‘ushi” asarlari bor.
Kitoblar O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tashkil etgan tanlov natijalaridan kelib chiqqan holda nashr qilindi.
- Tanlov “O‘zAS” gazetasida e'lon qilingan edi. Tanlovda ishtirok etgan ko‘plab asarlar orasida shu to‘rtta kitob tanlab olindi va "G‘afur G‘ulom" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etildi. Ularning har birida jamiyatning biror sohasida xizmati singgan zamonamiz qahramonlari hayoti aks ettirilgan. Luqmon Bo‘rixonning “Titrayotgan tog‘” romanida temiryo‘lchilar, Abduqayum Yo‘ldoshevning “Osmon og‘ushi” asarida uchuvchining hayoti, Qo‘chqor Norqobilning “Bu yerlarda hayot boshqacha” asarida chegarachilar hayoti tasvirlangan. Isajon Sultonning “Hazrati Xizr izidan” asari esa o‘zbek olimining chet elga chiqishi haqida, - deydi "G‘afur G‘ulom" nomidagi NMIU xodimi Sanjar Tursunov.
Kitoblar 3 ming tirajda chiqarilgan.
Mavzuga oid

11:09 / 07.06.2024
Kitob o‘qib berilgan bolaning aqliy rivojlanishi kitob o‘qilmaydigan oiladagiga solishtirganda 2 baravar yuqori bo‘ladi - tadqiqot

09:47 / 02.04.2024
Kitob tumaniga yangi hokim tayinlandi

15:10 / 24.05.2023
MMTV tizimiga o‘tkazilgan “O‘zbekiston” nashriyoti direktori lavozimidan olindi

22:09 / 21.04.2021