Runningsnail taxallusi ostidagi xaker DEOSGames onlayn-kazinosida ketma-ket 24 marta jyek-potni qo‘lga kiritdi. U yutuqni o‘z hisobiga o‘tkazganidan so‘ng kazinoni tark etdi. Bu haqda DEOSGames o‘zining Twitter-akkauntida xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, xaker onlayn-kazinoga hujum qilish natijasida qariyb 24 ming dollarni qo‘lga kiritgan.
DEOSGames mazkur hujumni foydali saboq deb atadi. «Bu yaxshigina stress-test bo‘ldi va biz sezilarli darajada kuchaydik», — dedi kompaniya vakillari.
Avvalroq kazino ma'lumotlar bazasini akvarium ichidagi «aqlli» termometr orqali buzib kirgan xakerlar haqida xabar qilingandi. Jinoyatchilar uning signalidan kazino ichki tarmog‘iga kirish uchun foydalanishgan.