Rossiyada AQSh so‘rovi bilan yirik kiberguruh a’zolari qo‘lga olindi

Jahon 19:07 / 14.01.2022 13979

Rossiya FXX pul undirish uchun virus jo‘natish bilan shug‘ullanuvchi REvil xakerlar guruhi faoliyatiga chek qo‘ydi.

Xabar qilinishicha, guruhga qarshi operatsiya AQSh hukumatining so‘rovi bilan amalga oshirilgan. Guruh a’zolari xorij kompaniyalarining axborot resurslariga virus jo‘natish orqali ma’lumotlarni shifrlash hamda shifrni yechish uchun pul talab qilish bilan shug‘ullangan.

Xakerlarni qo‘lga olish operatsiyasi 25ta manzilda o‘tkazilgan va 14 nafar guruh a’zosiga tegishli 426 million rubl, 600 ming dollar, 500 ming yevro, kompyuter texnikasi, kriptohamyonlar va premium toifadagi 20ta avtomobil musodara qilingan.

Qo‘lga olinganlarga nisbatan “to‘lov vositalarining noqonuniy aylanmasi” moddasi bo‘yicha ayblov e’lon qilingan.

REvil guruhi dunyodagi eng faol kiberguruhlardan hisoblanadi. Guruh jumladan, Apple kompaniyasi va Texas hukumati saytlariga hujumlar uyushtirgan.

Ko‘proq yangiliklar: