Gallup: O‘zbekiston dunyoning eng baxtli mamlakatlari qatorida

Inson xatti-harakatlarining 70 foizi his-tuyg‘ularga asoslangan bo‘lishini bilasizmi? Ishsizlik, YaIM ko‘rsatkichlarini baholash sog‘lom jamiyatning ba'zi jihatlarini aniqlashga yordam bersa, mamlakat aholisining emotsional holatiga doir ma'lumotlar deyarli yo‘q. Gallup aholining ijobiy va salbiy his-tuyg‘ulariga ko‘ra, mamlakatlarning baxtlilik reytingini taqdim etdi.
Gallup Global Emotions reytingiga ko‘ra, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston aholisi dunyoning eng kam salbiy hissiyotlarni boshdan kechiruvchi, ya'ni eng baxtli mamlakatlari top-20 ro‘yxatidan o‘rin oldi.
Salbiy hissiyotlarning kamligi bo‘yicha birinchi o‘rinda Qirg‘iziston va Tayvan kelgan. Ikkinchi o‘rinda - Qozog‘iston, uchinchi - Estoniya, to‘rtinchi pog‘onada - O‘zbekiston va Ozarboyjon.
Ulardan keyingi o‘rinlarda Rossiya, Polsha, Mo‘g‘uliston, Shvetsiya, Yangi Zelandiya, Niderlandiya, Mavrikiya, Bolgariya va Belarus nomlari qayd etilgan.
Ta'kidlash joizki, tadqiqot jahonning 142 mamlakati aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan.
Mavzuga oid

18:05 / 06.02.2025
“Ijodkor” firibgarlar: bunaqalari kinolarda ham uchramaydi

15:48 / 03.02.2025
O‘zbekistonlik yigit Spark’da Yevropaga safar qildi

16:36 / 24.01.2025
Diplomi O‘zbekistonda tan olinadigan dunyo oliygohlari ro‘yxati e’lon qilindi

17:16 / 23.01.2025