Argentina futbol assotsiatsiyasi va terma jamoa futbolchilari kontrabandada ayblanmoqda

Sport 20:00 / 14.09.2018 9991

Argentina futbol assotsiatsiyasi va milliy terma jamoa futbolchilari kontrabandada ayblanmoqda, deb xabar beradi AS.

Sentyabr oyida terma jamoa AQShda ikkita o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazgan edi. U yerdan qaytib kelishgach, bojxonachilar aeroportda futbolchilardan umumiy narxi 20 ming dollarga teng bo‘lgan va deklaratsiyada qayd qilinmagan tovarlarni konfiskatsiya qilishgan. Ularning orasida musiqa asboblari, elektronika va bolalar o‘yinchoqlari bo‘lgan.

Argentina soliq idorasi bu ishni iqtisodiy jinoyatlar prokuraturasiga topshirgan. Endi bu voqea yuzasidan surishtiruv o‘tkaziladi.

AQShda Argentina terma jamoasi 2ta o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi. 8 sentabr kuni Los-Anjyelesda Gvatemala 3:0 hisobida mag‘lub etildi. 12 sentabr kuni Nyu-Jyersida Kolumbiya bilan 0:0 hisobidagi durang qayd etildi.

Ko‘proq yangiliklar: