Minsk traktor zavodi Toshkentdagi Belarus-O‘zbekiston ishbilarmonlik va mintaqaviy hamkorlik biznes-forumida 15 million dollarlik shartnomalar imzoladi. Bu haqda korxona bosh direktori Fyodor Domotenko jurnalistlarga xabar berdi, deb yozmoqda BeLTA.
«2019 yilga shartnomalar 15 mln dollardan kam bo‘lmagan hajmda imzolandi. Bu ham tayyor mahsulot, ham mashinalar to‘plami, ham ehtiyot qismlari», - dedi Fyodor Domotenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Minsk traktor zavodi vakillari biznes-forumda o‘zbekistonlik sheriklar bilan gusenitsali texnika ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasini ham muhokama qiladilar.
Joriy yilning birinchi yarmida zavod O‘zbekistonga 1,4 million dollarlik mahsulot yetkazib berdi. Biznes-forum davomida 2,5 million dollarlik shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan - 2018 yilda 50ta texnika yetkazib beriladi.