JD Power tadqiqotchilik kompaniyasi ekspertlari 2018 yilning eng yaxshi avtomobillari ro‘yxatini tuzishdi.
Mutaxassislar millionga yaqin avtomobil egalari bergan ma'lumotlarni tahlil qilishgan. Tadqiqot 600 dan ko‘proq avtomobil modelini qamrab olgan. Avtomobillar 100 ballik shkala bo‘yicha baholangan. Bunda sifat, ishonchlilik, dizayn, dinamik xususiyatlar, avtomobil egalari fikri va modellar taqdirlangan turli mukofotlar kabi mezonlar hisobga olingan.
Reytingga 13 avtomobil modeli kiritilgan. Eng yuqori bahoni Porsche 911 olgan.
2-o‘rinni Hyundai Genesis G90 modeli 93 ball bilan, 3-o‘rinni esa 92 ball bilan Mercedes-Benz S-Class modeli egallagan.
Ro‘yxatga Porsche’ning yana 3 modeli (Macan, 718 va Cayenne), Lincoln’ning 2 modeli (Continental va Navigator), Lexus’ning 2 modeli (RX va GS) kiritilgan. Shuningdek, reytingdan BMW 7 Series, Cadillac Escalade va Genesis G80 modellari joy olgan.