Yilning eng katta daromad keltirgan avtomobili ma'lum qilindi 

Jahon 22:40 / 11.09.2019 24215

2019 yilning eng katta daromad keltirgan avtomobili ma'lum qilindi. Bunday nomga 8-avloddagi Porsche 911 avtomobili sazovor bo‘ldi.  

Ushbu model savdosi Porsche kompaniyasining umumiy savdosi hajmida 11 foizni tashkil qilgan bo‘lsa-da, uning yillik daromadining 30 foizini keltirgan. Bunday nisbatdagi foyda 2018 yilda chiqarilgan boshqa har qaysi modelnikidan yuqoriroq bo‘lgan.

Porsche 911 ushbu reytingda Ferrari F8 Tributo, Aston Martin DBX, Mercedes-Benz GLE va BMW X5 modellarini ortda qoldirgan. Ushbu modellarning barchasi savdolar hajmida egallagan ulushdan ko‘proq daromad keltirgan. 

Mutaxassislarning fikricha, Porsche bunday natijani katta miqdordagi opsiyalarni taklif qilishi va Xitoyda katta talabga ega bo‘lgani sababli ko‘rsatgan. 

“Porsche 911 standart versiyasida ham juda nafli, biroq siz unga opsiyalar va boshqa qo‘shimcha qurilmalar qo‘shsangiz, naf yanada kattaroq bo‘ladi”, deb aytgan Bloomberg Intelligence tahlilchisi Maykl Din.

Ta'kidlanishicha, Porsche’ning 2018 yilda dunyodagi savdo hajmi 3 foizga oshib, 256 255 ta avtomobilni tashkil qilgan bo‘lsa, 911 modeliniki 10 foizga oshgan va 35573 ta avtomobilni tashkil qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: