Dollarning rublga nisbatan kursi ochiq savdolar vaqtida keskin ko‘tarilib, 2016 yil 16 martidan beri ilk bor 70 rubldan oshdi.
Dollar bo‘yicha ilk bitimlar bir dollar uchun 69,92-70,16 rubl oralig‘ida bo‘lgan. Yevro avvalgi savdolarga nisbatan pasayib, 80,74 rublni tashkil qilgan.
Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkinning fikricha, rubl “qolgan rivojlanayotgan davlatlar valyutasi uchrayotgan muammolar ortida yetarlicha barqarordir”.