Osiyo o‘yinlari sovrindorlari uchun belgilangan pul mukofotlari ma'lum qilindi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi
O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan Osiyo o‘yinlarida oltin medal olgan sportchilar uchun 10 ming dollar miqdorida mukofot puli beriladi. Bu haqda MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov «Kun.uz»ga ma'lum qildi.
Bundan tashqari, avvaldan belgilangan tartibga ko‘ra, hukumat tomonidan Osiyo o‘yinlari sovrindorlari bo‘lgan barcha sportchilarga pul mukofotlari ajratilgan. Unga ko‘ra, Osiyo o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan sportchilar uchun 5 ming dollardan, kumush medal egalari uchun 3 ming dollardan va bronza medal sohiblari uchun 2 ming dollardan pul mukofotlari beriladi.
Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini 30ta sport turida 234 nafar sportchi himoya qildi. Shundan 21 nafar sportchi oltin, 24 sportchi kumush va 25 nafar sportchi bronza medal oldi. O‘zbekiston delegatsiyasi medallar sifati bo‘yicha 45 mamlakat ichida umumjamoa hisobida beshinchi o‘rinni egalladi.
Osiyo o‘yinlarida chempion bo‘lgan sportchilar jami 15 ming dollardan pul mukofotiga ega bo‘lishadi.
Yaqin kunlar ichida sportchilarni taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.
Shu tariqa, O‘zbekiston hukumati turnir sovrindorlarini mukofotlash uchun 227 ming dollar, Milliy olimpiya qo‘mitasi esa 210 ming dollar miqdorida mablag‘ sarflaydi.
Mavzuga oid

18:48 / 12.02.2025
O‘zbekiston 26 yildan so‘ng qishki Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi

20:49 / 02.12.2024
MOQ yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari-2025 mezbonligi O‘zbekistondan olib qo‘yilganiga izoh berdi

20:29 / 07.10.2023
Osiyo o‘yinlari kundaligi. Yana ikki oltin va yangilangan rekord

18:46 / 06.10.2023