Tramp Shotlandiyaga golf o‘ynash uchun bormoqchi

Foto: Getty Images
AQSh prezidenti Donald Tramp to‘rt oy davomida golf o‘ynash uchun ikkinchi marta Shotlandiyaga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda The Times xabar bermoqda.
Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, Tramp prezident sifatidagi o‘zining birinchi tashrifi davomida Ternberridagi golf-klubida o‘ynagan.
Ta'kidlanishicha, Trampning tashrifi Shotlandiyada norozilik to‘lqinini keltirib chiqargan.
Shu bilan birga, namoyishlarning oqibatlarini bartaraf etish uchun Britaniya hukumati taxminan 5 million dollar sarfladi.
Avvalroq, Vashingtonda amerikalik senator Jon Makkeyn bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tayotganida, Tramp golf o‘ynashga jo‘nab ketgani ma'lum qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Tramp intervyusidan sizib chiqqan so‘zlar sabab Bloomberg’ni keskin tanqid qilgandi.
Mavzuga oid

11:05 / 11.01.2025
Uzoq Shotlandiya orolini boshqaradigan “menejer” qidirilmoqda. Hududda odamlar yo‘q, faqat dengiz qushlari bor

22:19 / 09.11.2024
Shotlandiyadagi mayoq devoridan 132 yil oldin yozilgan maktub topildi

11:37 / 17.08.2024
Shotlandiya orollarida Yerdagi muzlik davriga oid muhim dalillar topildi

20:53 / 29.04.2024