Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
GM Uzbekistan Nexia va Malibu ishlab chiqarish hajmini deyarli 10 barobarga oshirmoqda

Foto: KUN.UZ
GM Uzbekistan AJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar savdosi qayta boshlanganligi va xaridorlar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, kompaniya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bozoridagi xaridorlar talablarini qondirish maqsadida, talab yuqori bo‘lgan avtomobillar modellarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirishning tez moslashuvchan mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda kompaniya xabarida aytiladi.
Xususan, “Jyeneral Motors O‘zbekiston” AJ tomonidan mexanik uzatmali “Neksiya” avtomobillarini ishlab chiqarish hajmlari avgust oyidan boshlab 3 501 donaga, sentabr oyida esa 4 143 donagacha oshirildi, yil oxirigacha esa ushbu modelning ishlab chiqarish hajmlari 34 804 donagacha yetkaziladi.
Shuningdek, “Malibu” avtomobillarini ishlab chiqarish hajmlari oyiga 240 donadan 2 200 donaga oshirish rejalashtirilgan.

Kompaniya mijozlar tomonidan takliflar va talablarni inobatga olgan holda, boshqa rusumdagi avtomobillarning ishlab chiqarish hajmlarini ham yaqin oylarda oshirish uchun barcha imkoniyatlarni jalb qilmoqda.
“Mijozlar uchun qulayliklar yaratish, shaffoflikni ta'minlashga qaratilgan va kundalik ravishda yangilanib boriladigan onlayn ravishda shartnoma tuzish tizimi asosidagi barcha arizalar maksimal darajada tez ko‘rib chiqiladi. Har bir mijozni «Jyeneral Motors O‘zbekiston» AJ veb-saytida kundalik ravishda e'lon qilinayotgan shartnomalar ro‘yxati bilan tanishib borish va dilerlik korxonalariga shartnoma tuzish uchun tashrif buyurishlariga chorlab qolamiz”, - deyiladi xabarda.
Dilerlik tashkilotlarida noqonuniy xatti-harakatlar va mijozlardan tovlamachilik orqali qo‘shimcha pul mablag‘larini talab qilish kabi holatlar paydo bo‘lsa, Call-markazga (141-77-77) darhol murojaat qilish so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq GM Uzbekistan endi elektron navbat bo‘yicha shartnomaga qo‘yilgan avtomobillar ro‘yxatini taqdim etishi xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pistorius: Germaniya Ukrainaga TAURUS raketalarini yetkazib bermaydi
Jahon | 13:55
-
6 oyda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holati yuzasidan 2 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
O‘zbekiston | 13:39
-
Pasport qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori o‘zgardi
O‘zbekiston | 13:24
-
Toshkentda kapotida baliqlar bilan kontent olgan haydovchi jarimaga tortildi
Jamiyat | 13:11
Mavzuga oid

23:41 / 07.07.2025
Toshkentda 19 yoshli qiz harakatdagi Nexiaʼdan sakrab tushib qoldi

15:26 / 06.07.2025
Farg‘ona viloyati YHXB boshlig‘i ishdan olindi

13:34 / 05.07.2025
Farg‘onadagi Malibu ishi: haydovchi viloyat IIB YHXB boshlig‘ining turmush o‘rtog‘i ekani ma’lum bo‘ldi

23:53 / 04.07.2025